“Zirabuloq” klubiga texnik mag`lubiyat yozildi

Bilasiz, 23 iyun kuni B Pro-liga ishtirokchi jamoalari 11-tur doirasidan o`rin olgan bahslarni o`tkazishdi.

Tur doirasidan o`rin olgan “Zirabuloq” — “G`ijduvon” bahsi ham aslida 23 iyun kuni o`tkazilishi lozim edi. Biroq Navoiy viloyati Karmana tumanidagi “Yoshlik” o`yingohida shu kuni viloyat miqiyosidagi muhim bayram tadbiri bo`lib o`tishi munosabati bilan “Zirabuloq” klubi mazkur o`yinni bir kun keyin o`tkazishni so`radi. “G`ijduvon” klubi ham bunga rozilik bergani bois o`yin 24 iyun sanasiga ko`chirildi.

Biroq mazkur uchrashuv bugun ham o`tkazilmadi. “Zirabuloq” jamoasiga esa uchrashuvni o`z maydonida o`tkazishga umuman tayyor emas ekani sabab texnik mag`lubiyat yozildi.

O`zbekiston professional futbol klublari uchun 2019 yilgi mavsum musobaqalari Reglamenti 4.4 bandiga asosan, futbol klublari uchrashuv o`tkazilishi bilan bog`liq zarur tashkiliy masalalarni hal etish uchun mas`uldir. Ular ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda uchrashuvdan oldin, uchrashuv davomida va uchrashuvdan keyin stadionda, unga tutashgan hududda intizom hamda jamoatchilik tartibini saqlash uchun barcha zarur choralarni ko`rishlari shart sanaladi. Ammo “Zirabuloq” klubi bu bandga asosan ish olib bormadi. Qolaversa, uchrashuvga tez tibbiy yordam vakillarining o`z vaqtida etib kelishi ta`minlanmadi.

Shuningdek, 6.39 bandga asosan maydon egalari uchrashuv rasmiylariga o`yin videoyozuvini taqdim etish imkoniyati yo`q ekani ma`lum bo`ldi.

Bundan tashqari, 12.7 bandga ko`ra, stadionning va tegishli xizmatlarning uchrashuvni o`tkazishga tayyor ekani bo`yicha akt taqdim etilmadi. Yuqorida sanab o`tilgan sabablarga asosan “Zirabuloq” — “G`ijduvon” uchrashuvida mezbon klubga texnik mag`lubiyat yozildi. 

 

“Zirabuloq” — “G`ijduvon” -:+

mib
uzcard
cola
apex
bmb