Coca Cola Superligada 12-tur uchrashuvlari bo`lib o`tdi. Mazkur tur doirasidagi barcha uchrashuvlarda “Biz giyohvandlikka qarshimiz” aktsiyasi tashkil etildi.
Qayd etish joiz, 26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni sanaladi. Yosh avlodni giyohvandlik balosidan asrash, barchani ogohlikka chorlash hamda sport bilan oshno tutinishini targ`ib etish maqsadida uchrashuvlar payti stadion tablolarida maxsus videoroliklar namoyish etilib, jamoa a`zolari sog`lom turmush tarziga chorlovchi maxsus bannerlar oldida suratga tushishdi.