21-22-23 iyun kunlari Coca Cola Superligada 12-tur uchrashuvlari bo`lib o`tadi.
Tur doirasida “Surxon” o`z maydonida “Bunyodkor” bilan bahs olib boradi. Mazkur o`yinda termizliklar oq rangli sport liboslarida maydonga tushishadi. “Qaldirg`ochlar” esa ko`k rangdagi libosda harakat qilishadi.
Ta`kidlash joiz, “Surxon” – “Bunyodkor” uchrashuvi 23 iyun, yakshanba kuni soat 18:00da bo`lib o`tadi.