“Bunyodkor” – “Metallurg” uchrashuvi TTYMI stadionida bo`lib o`tadi

Coca Cola O`zbekiston kubogida ertadan uchinchi bosqich o`yinlari start oladi.

Mazkur bosqichda qur`a natijalariga ko`ra, “Bunyodkor” o`z maydonida Bekobodning “Metallurg” jamoasini qabul qiladi.

“Qaldirg`ochlar” jamoasi ushbu o`yinni TTYMI stadionida o`tkazadigan bo`ldi. Coca Cola O`zbekiston kubogida uchrashuvlar bitta o`yindan iborat bo`lgani sabab va o`yinning penaltilar seriyasiga qadar davom etish ehtimoli bor ekani bois, shuningdek, TTYMI stadionida yoritish tizimi talablarga to`la javob bermasligi inobatga olingan holda ertangi bahs avvaldan belgilaganidek soat 18:00 da emas, balki 17:40 da boshlanadi. 

 

 

O`zbekiston Kubogi / 3-bosqich

19 iyun, chorshanba

17:40 BUNYoDKOR” – “METALLURG

Hakamlar: Viktor Serazitdinov, Avazbek Abdullaev, Sardor Nishonboev, Ahmad Ergashev.

Nazoratchi: Arslon Xotamov. 

Komissar: Erkin Baxtiyorov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb