28-29 iyun kunlari Coca Cola Superligada 13-tur uchrashuvlari bo`lib o`tadi.
Tur doirasidan o`rin olgan o`yinlarning boshlanish vaqtlari ma`lum bo`ldi. Mazkur turda deyarli barcha uchrashuvlar jonli efirda namoyish etilishi ko`zda tutilgan. Faqat “Nasaf” — “Surxon” bahsi Sport telekanali orqali yozib olingan holda ko`rsatilishi rejalashtirilgan.
13-tur
28 iyun, juma
18:00 DINAMO — BUNYoDKOR (Sport TV)
19:00 AGMK — METALLURG (Mahalla TV)
20:00 QIZILQUM — NAVBAHOR (Sport TV)
29 iyun, shanba
18:00 LOKOMOTIV — SO`G`DIYoNA (Mahalla TV)
18:00 QO`QON-1912 — PAXTAKOR (Sport TV)
20:00 NASAF — SURXON (Sport TV – yozib olingan holda yakshanba, 15:40)
20:00 BUXORO — ANDIJON (Mahalla TV)
“Bunyodkor” – “Dinamo” uchrashuvi esa har ikki tomonning taklifiga ko`ra Samarqandda o`tkaziladi. Ikkinchi davradagi bahs esa Toshkentda bo`lib o`tadi.