Coca Cola O`zbekiston kubogi uchinchi bosqich uchrashuvlari boshlanish vaqtlari

Coca Cola O`zbekiston kubogida ikkinchi bosqich uchrashuvlari o`tkazilib, uchinchi bosqich ishtirokchilari aniqlanganidan xabaringiz bor.

7 iyun kuni mamlakat kubogi uchinchi bosqichiga qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi. Qur`a Sport telekanali orqali jonli efirda namoyish etildi.

Unga ko`ra, bitta o`yindan iborat bo`ladigan mazkur bosqich uchrashuvlari 19-25-26 iyun kunlari bo`lib o`tadi. Oldinroq 19 iyun kungi uchrashuvlar boshlanish vaqtlari e`lon qilingan edi.

25 hamda 26 iyun sanalarida o`tadigan bahslar boshlanish vaqtlari ham ma`lum bo`ldi. 

O`yinlarning 4 tasi jonli efirda namoyish etilishi ko`zda tutilgan.

 

25 iyun, seshanba

18:00 DINAMO — YaShNOBOD (Mahalla TV)

18:00 QO`QON-1912 — QIZILQUM (Sport TV)

 

26 iyun, chorshanba

18:00 ShO`RTAN — MASh`AL

18:00 ShERDOR — OQTEPA (Mahalla TV)

18:00 ITTIFOQ-N — IFTIXOR   

18:00 ISTIQLOL — NASAF (Sport TV)  

mib
uzcard
cola
apex
bmb