21-22-23 iyun kunlari CocaColaSuperligada 12-tur uchrashuvlari bo`lib o`tadi. Mazkur tur doirasida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” aktsiyasi tashkil etiladi.
Qayd etish joiz, 26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni sanaladi. Yosh avlodni giyohvandlik balosidan asrash, barchani ogohlikka chorlash hamda sport bilan oshno tutinishini targ`ib etish maqsadida CocaColaSuperliga 12-tur uchrashuvlarida giyohvandlikka qarshi kurashni targ`ib etish bo`yicha aktsiya tashkil etiladi.
Uchrashuvlar payti stadion tablolarida maxsus videoroliklar namoyish etilib, futbolchilar sog`lom turmush tarziga chorlovchi maxsus bannerlar oldida suratga tushishadi.