Muhsin Muhammadiev: Vaziyatni o`nglashga harakat qilamiz

“Buxoro” – “Paxtakor” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Muhsin Muhammadiev quyidagicha fikr bildirib o`tdi: 

- Nima deyishga ham hayronman, bugun o`yinni to`laligicha raqibga boy berdik. O`yinga tayyor emas ekanimiz ko`rinib qoldi. “Paxtakor” – o`zbek futboli etakchisi.  Ular yosh futbolchilarini ijaraga berishadi, lekin o`sha futbolchilar “Paxtakor”ga qarshi o`ynamasligi so`raladi. Bu holatni tushuna olmayapman. Nima ham derdim, bu – futbol.  Ushbu holatni hali engib o`tamiz. “Paxtakor” bilan esa ikkinchi davrada ham o`yin o`tkazamiz. Bugungi bahsga kam vaqt qolgani sabab jamoani mazkur o`yinga to`liq o`zim tayyorlamadim. Bunday vaziyatlar bo`lib turadi. Bu – futbol. Vaziyatni o`nglashga va xatolarni tuzatishga harakat qilamiz, - dedi mutaxassis.

mib
uzcard
cola
apex
bmb