Shota Arveladze: Haqli tarzda zafar quchdik

“Buxoro” – “Paxtakor” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Shota Arveladze quyidagicha fikr bildirib o`tdi: 

- Bugun bizda ko`plab qulay imkoniyatlar yuzaga keldi. Bu erda o`ynash har doim ham oson bo`lmagan. Bunga maydon holati ham ta`sir o`tkazadi. Lekin shunga qaramay bizda juda ko`p vaziyat yuzaga keldi. Bugun bizning ko`plab rejalarimiz ish berdi, o`yinimiz qovushdi. Yakunda qayd etilgan natija adolatli bo`ldi, chiroyli va mazmunli o`ynab, haqli tarzda g`alaba qozondik, - dedi mutaxassis. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb