Mirjalol Qosimov: Bugun qiziqarli o`yin guvohi bo`ldik

AGMK – “Navbahor” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Mirjalol Qosimov quyidagicha fikr bildirdi:  

- Bugun qiziqarli o`yin guvohi bo`ldik. Ilk daqiqalardan o`yin so`nggiga qadar jamoalar tezkor va chiroyli o`yin ko`rsatishdi. O`yin boshida gol o`tkazib yuborgach, oldinga o`tishga majbur bo`ldik. Natijada raqibda keyinchalik ham vaziyatlar yuzaga keldi. Bizda ham qulay imkoniyatlar etarlicha bo`ldi. Durang natija haqqoniy bo`ldi, deya olaman. Yakunda raqib ham, biz ham g`alaba qozonib ketishi mumkin edi. Shu o`rinda hisobda ortda borsa-da oxirigacha kurashgan shogirdlarimga minnatdorchilik bildiraman, - dedi mutaxassis. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb