Andrey Kanchelskis: Qulay imkoniyatlardan foydalana olmadik

AGMK – “Navbahor” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Andrey Kanchelskis quyidagicha fikr bildirdi:  

- Nima ham deya olaman, yakunda qayd etilgan natija bizga ham, AGMK jamoasiga ham u qadar katta foyda olib kelmadi. Ko`p sonli vaziyatlar yuzaga keltirib, xatto birga-bir chiqib boradigan vaziyatlardan ham foydalana olmaganimiz juda achinarli bo`ldi. Sen urmasang, senga urishadi. Natija o`yinga mos bo`ldi. Lekin durang hech bir jamoaga katta foyda keltirmaydi. Yaratiladigan qulay imkoniyatlardan unumli foydalanish zarur edi. Aslida bugun yomon o`ynamadik. Faqat vaziyatlardan foydalanish borasida ancha oqsayapmiz, - dedi mutaxassis. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb