Vadim Abramov: “Nasaf” – juda yaxshi jamoa

“Bunyodkor” – “Nasaf” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Vadim Abramov quyidagicha fikr bildirib o`tdi: 

- “Nasaf” – yaxshi jamoa. Bugun teng o`yin namoyish etildi. G`alaba qozonishimiz ham yoki yakunda mag`lub bo`lishimiz ham mumkin edi. G`alabani qo`ldan chiqarishda o`zimiz aybdormiz. Raqib darvozasini ishg`ol etishga erishdik. Lekin bundan foydalana olmadik. O`yin oxirida bizda ham bir nechta qulay imkoniyatlar yuzaga keldi. “Nasaf” jamoasini o`rganganimda ushbu klubning o`yin so`nggida jismonan ancha yaxshi harakat qilayotganiga guvoh bo`lgandim. Ammo bugun uchrashuv oxirida biz ham yaxshi harakat qildik. Har bir jamoa raqibning qay darajada o`ynashga imkon berishiga qarab maydonda to`p suradi. “Nasaf” ancha yaxshi jamoa. Yaxshi saviyadagi murabbiy ushbu klubda faoliyat olib boryapti va futbolchilarga to`g`ri yo`l ko`rsatyapti. Bugun ular o`z maqsadlariga eta olishdi, - dedi mutaxassis. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb