Ro`ziqul Berdiev: Bugun o`yin tempi u qadar yuqori bo`lmadi

“Bunyodkor” – “Nasaf” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Ro`ziqul Berdiev quyidagicha fikr bildirib o`tdi: 

- O`yin tempi u qadar yuqori bo`lmadi. Bunga ob-havo issiqligi va jamoalarni asosan ehtiyotkor tarzda maydonda harakat qilganini sabab deb ko`rsata olaman. Biz aslida 2-raqam ostida harakat qilishimiz va qarshi hujumlarda raqibni jazolashimiz lozim edi. Qarshi hujumlarni tashkil eta oldik, lekin yakuniy nuqtani qo`yishda oqsadik. O`yin boshida bizda ko`proq gol kiritish uchun imkoniyatlar bo`ldi. “Bunyodkor”da esa o`yin so`nggida shunday vaziyatlar bo`ldi.  Bugungi durang o`yingga mos bo`ldi, deb o`ylayman, - dedi mutaxassis. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb