Aleksandr Xomyakov: Biz bugun g`alabaga mos o`yin ko`rsatmadik

“Andijon” – “Metallurg” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Aleksandr Xomyakov o`yin to`g`risida quyidagicha fikr bildirdi: 

- Bugungi debyut o`yinda g`alaba qozonishni juda ham istagan edik. Yigitlar ham shuni xohlashgani ko`rinib turgandi. Lekin boshqa tarafini olib qaraydigan bo`lsak, bugun bizda ko`p jihatlar uncha o`xshamadi. Agar xolis fikr bildiradigan bo`lsam, biz bugun g`alabaga mos o`yin ko`rsatmadik. Bugun hujumda ham ishlarimiz yurishmadi. Himoyadan hujumga o`tib ketishda ham kamchiliklar kuzatildi.  Ikkinchi bo`limda esa asosan himoyalanishga majbur bo`ldik. Shu sababdan ham qayd etilgan natija o`yinga mos bo`ldi, deya olaman. Zero 45 daqiqagina yaxshi o`ynab, yakunda g`alabaga umid qilish noo`rin, - dedi mutaxassis. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb