Andrey Shipilov: Qayd etilgan natija adolatli bo`ldi

“Andijon” – “Metallurg” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Andrey Shipilov o`yin to`g`risida quyidagicha fikr bildirdi: 

- Bugungi bahsga ham amaliy, ham nazariy mashg`ulotlarda jiddiy hozirlik ko`rgan edik. Ushbu mavsum ikkinchi marta yangi bosh murabbiy boshchiligida ilk bor maydonga tushayotgan jamoaga qarshi o`yin o`tkazdik. Yangi murabbiy bilan o`zgacha ruhda o`yin ko`rsatilsa-da, biz ham o`yinga jiddiy hozirlik olib borishga urindik. Raqibning kuchli va kuchsiz jihatlarini yaxshi o`rganishga urindik. Keraksiz vaziyatda xato qilib gol o`tkazib yubordik. Ikkinchi bo`limda almashtirishlar orqali o`yinni o`zgartirishga harakat qildik. Yakunda gol kiritishga ham muvaffaq bo`ldik. Ta`kidlashim lozim, biz gol urgan bo`lsak-da, o`yinning so`nggi daqiqalariga qadar yana hujum qilishga va vaqtni cho`zmaslikka harakat qildik. Kiritgan golimizdan keyin ham bizda bir nechta yaxshi imkoniyat yuzaga keldi. Qayd etilgan natija adolatli bo`ldi, deb hisoblayman, - dedi mutaxassis. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb