“Qizilqum” – “So`g`diyona” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Hamidjon Aktamov quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- Bugun biz uchun omadsiz kun bo`ldi. Yuzaga kelgan juda qulay imkoniyatlardan ham foydalana olmadik. Darvozaning yonginasidan ham to`p kirita olmagan vaziyatlarimiz bo`ldi. Futbolchilarga alohida e`tirozlarim yo`q. Yigitlar bugun qo`ldan kelgancha harakat qilishdi. Lekin futbol xatolarsiz bo`lmaydi. Yigitlar o`zlarini ko`rsatishga harakat qilishdi. Lekin omad bugun bizdan yuz o`girdi, - dedi mutaxassis.