“Qizilqum” – “So`g`diyona” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Ulug`bek Baqoev quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- Bugun har ikki jamoa ham asosan oldinga o`tishga va hujum uyushtirishga urindi. Raqibda ham, bizda ham etarlicha imkoniyatlar yuzaga keldi. Yakunda qayd etilgan durang natija adolatli bo`lganini ta`kidlay olaman. Yigitlarga esa maydonda borlarini berib harakat qilishgani uchun rahmat aytaman. “Qizilqum” jamoasi bugun yaxshi o`yin namoyish etdi. Keng to`p uzatishlar va qanotlar ancha faol ishladi. Raqib safida jarohat olgan futbolchilar tezroq tuzalib ketishlarini tilayman, - dedi mutaxassis.