“Lokomotiv” – “Surxon” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Andrey Fyodorov quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- “Lokomotiv” jamoasining barcha ishqibozlarini ushbu g`alaba bilan tabriklayman. Bugun qayd etilgan natijadan ham, ko`rsatgan o`yinimizdan ham ko`nglim to`ldi. Bugun qanday taktika asosida o`ynash haqida uzoq o`yladik. Zero ayni paytdagi “Surxon” jamoasi ustozi Andrey Gennadevich uzoq yillar “Lokomotiv”da faoliyat olib borgan va bizning o`yin uslubimizni juda yaxshi bilardi. Bugun biroz o`zgarishlar qilishga qaror qildik. Balkim jamoamiz o`yin boshida hujumda tajovuzkor o`yin ko`rsatmagandek tuyulgandir. Lekin jamoamiz raqibni xato qilishga unday oldi va yakunda muhim g`alabani qo`lga kiritdik, -dedi mutaxassis.