Andrey Miklyaev: Raqib haqli tarzda g`alaba qozondi

“Lokomotiv” – “Surxon” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Andrey Miklyaev quyidagicha fikr bildirib o`tdi: 

- “Lokomotiv” jamoasini qo`lga kiritilgan g`alaba bilan tabriklayman. Ular haqli tarzda g`alaba qozonishdi. Ayni paytda raqib bizdan ko`ra kuchli ekanini ko`rsatdi. Bugun negadir bizga ruhiyat umuman etishmadi. Muammo balkim klubdadir. Bugun o`yinchilar o`zlari uncha istamagandek harakat qilishdi. Ularda istak va xohish etishmadi. To`pni bir-birlariga uzatishga urinishdi. Lekin o`z o`yinlarini namoyish etgilari kelmadi, - dedi mutaxassis. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb