“Qo`qon-1912” – “Dinamo” uchrashuvidan so`ng mezbonlar bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Aziz To`xtaboev quyidagicha fikr bildirdi:
- Bugungi o`yinda g`alaba qozonishni maqsad qilgan edik. Ochilish uchrashuvida muxlislarimizni xursand qilishni rejalashtirgan edik. Rejamiz biroz o`xshamay qoldi. Vaziyatlardan unumli foydalana olmaganimiz bizga pand berdi. Keyingi uchrashuvda ishqibozlarimizni g`alabalar bilan xushnud etishga harakat qilamiz.
Jamoada qancha qolishim o`zimizga, ko`rsatadigan natijalarga bog`liq. Bugungi bahsda raqibni xato qilishga majbur etmaganimizda avtogollar bo`lmasdi. Qolversa penalti bo`lgan vaziyatlarda ham futbolchilarimiz xatolarga yo`l qo`yishdi. Aks holda raqib to`rtta gol ura olmagan bo`lar edi, - dedi mutaxassis.