Davron Fayziev: Bahs shiddatli kurashlarga boy tarzda o`tdi

“Qo`qon-1912” – “Dinamo” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Davron Fayziev quyidagicha fikr bildirdi: 

- Qo`qon ahlini mavsumning ochilish o`yini bilan tabriklayman. Jamoani o`z uyiga qaytgani bilan ham tabriklayman. O`yin borasidagi bahoni esa jurnalistlar berishsa maqsadga muvofiq bo`lar edi. Bugungi bahs shiddatli kurashlarga ancha boy tarzda o`tdi. Alamlisi, uchrashuvdagi barcha golni bizning futbolchilar kiritishdi. Biz hamisha hujumkor o`yin ko`rsatib kelyapmiz. Lekin himoyada xatolarga yo`l qo`yyapmiz. Bugungi bahsda g`alaba qozonganimizda turnir jadvalidagi holatimiz yanada yaxshilangan bo`lar edik, - dedi mutaxassis.  

mib
uzcard
cola
apex
bmb