
Mamlakat chempionatining yuqori divizioni jamoalari mavsumning birinchi bosqich o`yinlarini yakunlash arafasida, kuchlilar ikkinchi bosqichda yana musobaqani davom ettirishadi.
Kecha O`zbekiston Kubogiga ham qur`a tashlandi. Unda oliy liganing 15ta va 1-liganing bitta jamoasi nimchorak final o`yinlaridan bahslarga kirishishi ma`lum bo`ldi. Toshkent viloyatining Qibray shaharchasida joylashgan shu nomdagi stadionda esa qizlar o`rtasida 1-liga musobaqalari start oldi va birinchi tur o`yinlari o`tkazildi.
1-turni AGMK-2 jamoasi qizlari yuqori kayfiyatda o`tkaza oldi va yakunda peshqadamga aylandi.
1-liga. 1-tur. 12-14 iyun. “Qibray” sport majmuasi.
Ishtirokchilar: “Xorazm” (Urganch), “Sevinch-2” (Qarshi), AGMK-2 (Olmaliq), “Kimyogar” (Chirchiq).
Qayd etilgan natijalar:
12 iyun
“Xorazm” - “Sevinch-2” - 5:2
“Kimyogar” - AGMK-2 - -:+
13 iyun
“Xorazm” - “Kimyogar” – 4:1
AGMK-2” - “Sevinch-2” – 4:0
14 iyun
“Sevinch-2” - “Kimyogar”– 3:0
“Xorazm” - AGMK-2 – 0:4
Shu tariqa 1-turdan keyingi AGMK-2 jamoasi yuz foizli natija bilan peshqadam bo`lib turibdi. “Xorazm” 6 ochko bilan ikkinchi, “Sevinch-2” esa uch ochko bilan uchinchi o`rinni band etyapti. “Kimyogar” jamoasida hali ochko yo`q.
Navbatdagi 2-tur o`yinlari avgust oyiga belgilangan.