Ertaga ayollar futboli bo`yicha XVIII O`zbekiston Kubogiga qur`a tashlanadi

Ayollar jamoalari o`rtasidagi mamlakat Superligasi bahslari ham sekin-asta o`zining qizg`in pallasiga kirib bormoqda.

27 iyundan esa O`zbekiston Kubogi uchrashuvlariga ham start beriladi va mazkur musobaqa 26 oktyabrgacha davom etadi.

Ertaga, 13 iyun soat 15:00da O`zPFL binosida ayollar futboli bo`yicha XVIII O`zbekiston Kubogiga qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tadi.   

Ta`kidlash joiz, O`zbekiston Kubogi-2019da jami 16 ta klub ishtirok etadi. Ayollar Superligasining barcha ishtirokchilariga Pro-ligadan “Xorazm” jamoasi futbolchi qizlari qo`shiladi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb