CocaCola Superliganing navbatdagi tur uchrashuvlari 15-16 iyun kunlari bo`lib o`tadi.
11-tur doirasida “Lokomotiv” o`z maydonida “Surxon” bilan bahs olib boradi.
Mazkur uchrashuvda “Lokomotiv” futbolchilari qizil-qizil-oq rangdagi sport formalarida maydonga chiqishadi. “Surxon” futbolchilari esa yashil rangdagi libosda harakat qilishadi.
Ta`kidlash joiz, “Lokomotiv” — “Surxon” bahsi 15 iyun, shanba kuni soat 19:30da bo`lib o`tadi.