CocaColaSuperliganing navbatdagi tur uchrashuvlari 15-16 iyun kunlari bo`lib o`tadi. 11-tur doirasida “Qo`qon-1912” o`z maydonida “Dinamo” bilan bahs olib boradi.
Mazkur uchrashuvda “Qo`qon-1912” oq formada, “Dinamo” esa ko`k sport liboslarida maydonga chiqadi.
Ushbu o`yin 15 iyun, shanba kuni soat 18:00da bo`lib o`tadi.