Bugun A Pro-liga ishtirokchi klublari 10-tur doirasidan o`rin olgan bahslarni o`tkazishadi.
Lekin shu kunga qadar ham PFL oldidagi majburiyatlarini hamon to`la bajarmay kelayotgan klublar ham yo`q emas.
Jumladan, “Sherdor” hamda “Iftixor” jamoalari badal pulini hamon to`lab ulgurgani yo`q. Professional futbol ligasi Sport musobaqalarini o`tkazish va klublarni nazorat qilish boshqarmasi yuqoridagi klublarga mazkur masalani yaqin vaqt ichida hal etish uchun ogohlantirish xati yuborgan edi. Biroq klublar tomonidan zarur harakatlar amalga oshirilmadi.
Shu sababdan “Istiqlol” – “Sherdor” uchrashuvida Samarqand klubiga texnik mag`lubiyat yozildi. Shuningdek, “Oq-tepa” – “Iftixor” o`yinida Oltiariq jamoasiga texnik mag`lubiyat yozildi.