
O`zbekiston futbol assotsiatsiyasi tartib-intizom qo`mitasining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Unga ko`ra, bir qator futbolchilarga nisbatan turli xil sanktsiyalar qo`llanildi.
Liga kubogi
Uchrashuv: “Nasaf” – “Navbahor”
Jarimaga tortildi: Aziz Ibragimov (“Navbahor”)
Sabab: O`yin to`xtatilgan vaqtda raqib uyinchining yuziga urgani va tajovuzkor xatti-xarakati uchun
Qaror: 3 ta o`yinga diskvalifikatsiya va 1 million so`m jarima
A Pro-liga
Uchrashuv: “Neftchi” – “Istiqlol”
Jarimaga tortildi: Asad Do`rmonov (“Neftchi” jamoasi bosh murabbiyi)
Sabab: Hakam sha`niga nomaqbul so`zlar bildirgani uchun
Qaror: 3 ta o`yinga diskvalifikatsiya
BPro-liga
Uchrashuv: “Ittifoq-B” – “Yangier”
Jarimaga tortildi: Asomiddin Mamatov (“Ittifoq-B”)
Sabab: O`yin qoidasini jiddiy tarzda buzgani uchun
Qaror: 2 ta o`yinga diskvalifikatsiya
Ayollar chempionati
Uchrashuv: “Qizilqum-W” – “Dinamo-W”
Jarimaga tortildi: Amina Shodieva (“Qizilqum-W”)
Sabab: O`yin qoidasini jiddiy tarzda buzgani uchun
Qaror: 2 ta o`yinga diskvalifikatsiya
Ayollar chempionati
Uchrashuv: “Neftchi-W” – “Lokomotiv-W”
Jarimaga tortildi: Muhlisa Qosimova (“Neftchi-W”)
Sabab: Raqib futbolchisi sha`niga haqoratli so`zlar bildirgani uchun
Qaror: 2 ta o`yinga diskvalifikatsiya
Ayollar chempionati
Uchrashuv: “Neftchi-W” – “Lokomotiv-W”
Jarimaga tortildi: Dildora Ergasheva (“Lokomotiv-W”)
Sabab: Raqib futbolchisi sha`niga haqoratli so`zlar bildirgani uchun
Qaror: 2 ta o`yinga diskvalifikatsiya
Futzal
Uchrashuv: “Dinamo” – “Nasaf”
Jarimaga tortildi: Ravshan Ismatullaev (“Dinamo”)
Sabab: Hakam sha`niga nomaqbul so`zlar bildirgani uchun
Qaror: 3 ta o`yinga diskvalifikatsiya va 1 million so`m jarima