Xabaringiz bor, O`zbekiston Professional futbol ligasi 2018 yilgi mavsumning har oyidan keyin to`rt yo`nalish bo`yicha eng yaxshilarni aniqlab keldi: eng yaxshi murabbiy, eng yaxshi futbolchi, eng yaxshi darvozabon va eng chiroyli gol. Tashkil etilgan so`rovnoma yakunlariga ko`ra eng ko`p ovoz to`play olgan nomzodlar tashkilotning eng yaxshilar uchun atalgan statuetkalarini qabul qilib olishdi.
2019 yilgi mavsumda ham mazkur an`anani davom ettiramiz. Joriy yildan e`tiboran Tribuna.uz nashri oy laureatlarini aniqlashda axborot hamkori sifatida ishtirok etadi. Artel savdo belgisi esa oyning eng yaxshilariga o`z smartfonlarini taqdim etadi.
Eng yaxshilarni aniqlash shartlari o`zgarmaydi. Coca Cola Superliganing 14 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko`rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi. Dastlabki o`rinda ko`rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o`rindagilar 2 va 1 ochkolik bo`ladi. Shuningdek, Tribuna.uz nashri futbol muxlislari o`rtasida so`rovnoma o`tkazadi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo`lib, birinchi o`rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo`lga kiritadi. Yakunda eng ko`p ball to`plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e`tirof etiladi.
Ortda qolgan may oyida Superligada 4 ta tur uchrashuvlari o`tkazildi. Mazkur uchrashuvlar davomida bir qator jamoalar mazmunli o`yin namoyish etib, muxlis-u mutaxassislar olqishiga sazovor bo`ldi.
Quyida oyning eng yaxshilari bo`lish uchun da`vogarlar ro`yxati taqdim etiladi:
May oyining eng yaxshi futbolchisi bo`lish uchun nomzodlar:
|
Nomzod |
Klub |
Erishdi |
|
Dragan Cheran |
Paxtakor |
4 o`yin, 6 gol |
|
Xumoyun Murtozaev |
Nasaf |
4 o`yin, 4 gol |
|
AbdulAziz Yusupov |
Surxon |
4 o`yin, 3 gol |
|
Temurxo`ja Abduxoliqov |
Lokomotiv |
4 o`yin, 2 gol, 1 assist |
|
Jaloliddin Masharipov |
Paxtakor |
4 o`yin, 3 assist |
May oyining eng yaxshi murabbiyi bo`lish uchun nomzodlar:
|
Nomzod |
Klub |
Erishdi |
|
Shota Arveladze |
Paxtakor |
3 g`alaba, 1 durang |
|
Ulug`bek Baqoev |
So`g`diyona |
3 g`alaba, 1 mag`lubiyat |
|
Andrey Miklyaev |
Surxon |
3 g`alaba, 1 mag`lubiyat |
|
Davron Fayziev |
Dinamo |
1 g`alaba, 3 durang |
May oyining eng yaxshi darvozaboni bo`lish uchun nomzodlar:
|
Nomzod |
Klub |
Erishdi |
|
Abdumavlon Abdujalilov |
Bunyodkor |
3 o`yin, 2 quruq o`yin, 7 seyv |
|
Abduvohid Ne`matov |
Nasaf |
3 o`yin, 1 quruq o`yin, 8 seyv |
|
Asilbek Amonov |
Surxon |
3 o`yin, 1 quruq o`yin, 6 seyv |
|
Javohir Ilyosov |
Lokomotiv |
4 o`yin, 3 quruq o`yin, 5 seyv |
May oyining eng chiroyli goli muallifi bo`lish uchun nomzodlar:
|
Nomzod |
Klub |
Qaysi o`yinda? |
|
Marat Bikmaev |
Paxtakor |
Andijon – Paxtakor |
|
Abdul Aziz Yusupov |
Surxon |
Qizilqum – Surxon |
|
Shoxrux Abdurahmonov |
Dinamo |
Dinamo – AGMK |
|
Slavko Lukich |
Navbahor |
Navbahor – So`g`diyona |
|
Islom Isoqjonov |
Metallurg |
Paxtakor – Metallurg |
|
Nurillo To`xtasinov |
Bunyodkor |
Metallurg - Bunyodkor |