
Coca Cola O`zbekiston kubogida ikkinchi bosqich uchrashuvlari o`tkazilib, uchinchi bosqich ishtirokchilari aniqlanganidan xabaringiz bor.
Joriy yilning 7 iyun kuni O`zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Koreya Xalq Demokratik Respublikasiga qarshi o`rtoqlik o`yini o`tkazadi. Mazkur uchrashuv oldidan “Milliy” stadionda O`zbekiston kubogi uchinchi bosqichiga qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tadi. Qur`a Sport telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Ta`kidlash joiz, O`zbekiston – KXDR uchrashuvi 7 iyun kuni soat 20:00da boshlanadi.