Ayollar futboli: O`zbekiston milliy birinchiligi bahslari taqvimi tasdiqlandi

Bilasiz, ayni paytda ayollar jamoalari o`rtasida mamlakat Superligasi uchrashuvlari davom ettirilmoqda.

Shu bilan bir qatorda taqvimdan ayollar jamoalari o`rtasida O`zbekiston Birinchiligi bahslari ham o`rin olgan. Ayollar futbol jamoalari o`rtasidagi Birinchilik bahslari nizomi tasdiqlandi. Unga ko`ra, hisob bo`yicha O`zbekiston IX milliy birinchiligining 1-turi 11-16 iyun kunlari Qibrayda bo`lib o`tadi.

Unda “Xorazm” (Urganch), “Sherdor-W” (Samarqand), “Sevinch-2” (Qarshi), AGMK-2 (Olmaliq), “So`g`diyona-2” (Jizzax) hamda BO`SM-1 (Namangan) jamoalari ishtirok etishi ko`zda tutilgan. 

Mos ravishda 2-tur uchrashuvlari avgust, 3-tur sentyabr hamda 4-tur oktyabrda bo`lib o`tishi belgilangan. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb