
Liga kubogi guruh bosqich 1-turi doirasidagi “Mash`al” – “Andijon” uchrashuvidan so`ng mezbonlar jamoasi murabbiyi Asror Aliqulov quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- Ushbu uchrashuvga biroz qisqa vaqt davomida hozirlik ko`rgan edik. Lekin shunday bo`lsa-da, Superliga klubiga munosib qarshilik ko`rsatish niyatida edik. Superliga va Pro liga jamoalari ko`rsatadigan o`yin tempida farq borligi sabab uchrashuv boshida xatoga yo`l qo`ydik va raqib bizni jazoladi. Lekin bugun barcha futbolchilarimiz maydonda bor mahoratini ko`rsatishga harakat qilishdi. Balkim hamma ham o`zining to`liq potentsialini namoyish etmagandir, ammo bugun yigitlar yomon o`ynashmadi. O`yin davomida gol o`tkazib, hisobni tenglashtirishga urindik. Pro-ligada o`yinimiz borligi sabab bugun ba`zi o`yinchilarni maydonga tushirmay, ularga dam bergan edik. Balkim shu ham yakuniy natijaga ta`sir o`tkazgandir, - dedi mutaxassis.