Jamshid Saidov: O`yin qiyin o`tishini bilar edik

Liga kubogi guruh bosqich 1-turi doirasidagi “Mash`al” – “Andijon” uchrashuvidan so`ng mehmonlar jamoasi murabbiyi Jamshid Saidov quyidagicha fikr bildirib o`tdi: 

- Bugun asosiy tarkibdagi qator futbolchilarga dam olish imkonini taqdim etdik. Natijada bir necha yosh o`yinchilar maydonga tushishdi. Uchrashuv oson o`tmasligini va raqibning kuchli jihatlari mavjudligini bilar edik. Zero “Mash`al” jamoasida ishtiyoq ham yuqori edi. Lekin yakunda o`yin bizning foydamizga hal bo`ldi. Bundan juda ham xursandmiz va endi uyga yaxshi kayfiyatda yo`l olamiz. Oldimizga qo`yilgan vazifa uddalandi,bugungi o`yinda g`alaba qozona oldik, - dedi mutaxassis. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb