Hamidjon Aktamov: Ba`zi xatolarni inobatga olmaganda, bugun yomon o`yin ko`rsatmadik

Liga kubogi guruh bosqich 1-turi doirasidagi AGMK – “Qizilqum” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Hamidjon Aktamov quyidagicha fikr bildirib o`tdi: 

- O`yin to`g`risida nima deyishga ham hayronman. Bugun o`yin amaliyotisiz qolib ketayotgan futbolchilarga imkon berishni maqsad qilgan edik. Qolaversa, yosh futbolchilar ham maydonga tushishdi. Yuta qolmagan bo`lsak-da ular bugun yomon harakat qilishmadi. Ba`zi vaziyatlardagi xatolarni inobatga olmaganda, bugun yaxshi o`yin ko`rsatildi. Sekin-asta shunday o`yinlar orqali yoshlar ham tajriba to`playdi. Bugun o`zim ko`rishni istagan futbolchilar harakatlarini bevosita o`yinda kuzatib olish imkoniga ega bo`ldim, - dedi mutaxassis.  

mib
uzcard
cola
apex
bmb