
Liga kubogi guruh bosqich 1-turi doirasidagi AGMK – “Qizilqum” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Mirjalol Qosimov quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- Liga kubogi musobaqasi uchrashuviga jiddiy tayyorgarlik olib borgan edik va bu yakunda o`z samarasini berdi. Shuningdek, tarkibdagi kam o`yin amaliyotiga ega bo`layotgan futbolchilarga bugun o`ynash imkonini taqdim etdik. Ular bugun yomon harakat qilishmadi. Bugun, shuningdek, “Qizilqum” jamoasi ham yaxshi o`yin namoyish etdi.
AGMK har bir o`yinda maydonga chiroyli o`yin namoyish etish uchun chiqadi. Liga kubogida qaysi jamoa zafar quchadi, buni bilmayman. Oldindan taxmin qilish qiyin. Lekin biz ham har bir o`yinda muxlislarga yoqadigan o`yin ko`rsatishga urinamiz, - dedi mutaxassis.