
Liga kubogi guruh bosqich 1-turi doirasidagi “Dinamo” – “Surxon” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Andrey Miklyaev quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- Bunday o`yindan so`ng nima ham deya olaman… 0:5 – “Argentina – Yamayka”. Bugun zaxiradagi o`yinchilarimiz imkoniyatlarini ko`zdan kechirib olishni istagan edik. Birinchi bo`limni bir navi o`tkazdik. Ikkinchi bo`limda esa jismonan kuchimiz etmay qoldi. Qolaversa, yoshlarning hali to`la tayyor emasligi oydinlashib qoldi. “Dinamo” esa ikkinchi goldan so`ng o`yin tizginini qo`lga oldi va birin-ketin chiroyli gollar kiritdi. Yakuniy natija o`yinga mos bo`ldi. Samarqand jamoasini g`alaba bilan tabriklayman, - dedi mutaxassis.