Davron Fayziev: Liga kubogi musobaqasi finaliga qadar etib bormoqchimiz

Liga kubogi guruh bosqich 1-turi doirasidagi “Dinamo” – “Surxon” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Davron Fayziev quyidagicha fikr bildirib o`tdi: 

- Bugun muxlislarga yoqadigan chiroyli o`yin o`tkazdik. Yakunda yirik hisobda zafar quchishga muvaffaq bo`ldik. Endi kelasi uchrashuvlarga ham xuddi bugungidek jiddiy hozirlik ko`rishga va shunday g`alaba qozonishga harakat qilamiz. Oldimizga qo`ygan maqsadimiz – Liga kubogi musobaqasi finaliga qadar etib borish. Ba`zi jamoalar balkim kubok bellashuvlaridan ko`ra ichki chempionatda yaxshiroq ishtirok etishni ko`zlar. Biz esa o`zimiz ishtirok etadigan har uchala turnirda ham munosib qatnashishga intilamiz, - dedi mutaxassis. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb