Mirislom Hasanov: Bizga o`yin tizginini qo`lga ola biladigan etakchi etishmayapti

“Lokomotiv” – “Buxoro” uchrashuvidan so`ng mehmonlar jamoasi murabbiyi Mirislom Hasanov quyidagicha fikr bildirib o`tdi:

- Bugungi bahs yaxshi o`tdi. Yigitlar qo`ldan kelgancha yaxshi o`yin namoyish etishga urinishdi. Bugun bir qator yosh futbolchilarga maydonga chiqish uchun imkoniyat taqdim etdik. Lekin jamoamizga bugun o`yin so`nggida biroz tajriba etishmadi. 

Bugun g`alaba qozonishimiz mumkin edi. Hisob bizning foydamizga 1:0 bo`lib turgan pallada yuzaga kelgan qulay imkoniyatdan foydalana olmadik. Bizga o`yin tizginini qo`lga ola biladigan etakchi etishmayapti, - dedi mutaxassis. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb