Shota Arveladze: Muxlislardan kechirim so`raymiz

Liga kubogi musobaqasi ilk turida “Paxtakor” o`z maydonida “Qo`qon-1912”ni qabul qilib, yirik hisobda imkoniyatni boy berdi. “Paxtakor bosh murabbiyi Shota Arveladze uchrashuvdan so`ng o`yin haqida fikrlarini aytib o`tdi. 

- Bugungi o`yin va mag`lubiyat uchun jamoamizga ishqibozlik qiladigan barcha muxlislardan, qolaversa klub rahbariyatidan kechirim so`raymiz. Har qanday holatda yaxshiroq o`ynashimiz zarur. Jamoa sifatida kutilgan o`yinni namoyish etolmadik. Bunda barchamiz aybdormiz. Bunday xatolarga yo`l qo`ymaslik uchun yanada ko`proq mehnat qilamiz, - dedi mutaxassis. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb