Aziz To`xtaboev: Bugungi g`alabadan keyin futbolchilarning o`zlariga bo`lgan ishonchi ortdi

O`zbekiston Liga kubogi guruh bosqichi 1-tur doirasidagi  “Paxtakor” – “Qo`qon-1912” uchrashuvidan keyin “Qo`qon-1912” jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Aziz To`xtaboev o`yin haqidagi fikrlarni bildirib o`tdi.

- Avvalo barchani kirib kelayotgan Ramazon Hayiti bayrami bilan tabriklayman. O`yindan oldin muxlislarni xursand qilish va faqat raqibdan ustun kelish haqida o`ylagan edik. Bugungi g`alabani muxlislarimizga bag`ishlaymiz. Ushbu g`alaba bizga suv va havodek kerak edi. Superligada oxirgi o`rinda borayotganimiz va g`alaba qozona olmayotganimiz futbolchilarimizning ruhiyatiga salbiy ta`sir o`tkazayotgandi. Bugungi muvaffaqiyatdan keyin futbolchilarning o`zlariga bo`lgan ishonchi ortdi. 

Bugun barcha futbolchilar maydonda bir oila sifatida hamjihat bo`lib harakat qilishdi. Bugungi muvaffaqiyatimiz asosiy omili deb shuni aytgan bo`lardim. Keyingi bahslarda ham faqat g`alaba uchun maydonga tushamiz, - dedi mutaxassis. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb