
O`zbekiston Liga Kubogining 1-turidan o`rin olgan “Nasaf” – “Navbahor” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Ro`ziqul Berdiev quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- Yangi musobaqani g`alaba bilan boshlash – juda ham yoqimli. Bugungi o`yinimiz mazmunli chiqdi, deb o`ylayman. Kiritgan 2 ta tezkor golimiz yakunda o`yin taqdirini hal qildi. Qolaversa, raqib o`yinchilarining asablari dosh bermay 2 ta qizil olgani ham bizning ishimizni engillashtirdi. Bugun yosh o`yinchilarga imkon berdik va ular ishonchni oqlashdi.
Har bir musobaqada biz iloji boricha maksimal kuchimizni ishga solishga va har bitta uchrashuvda g`alaba qozonishga harakat qilamiz. Liga kubogi musobaqasi tashkil etilgani ham ijobiy holat. Bu o`yinchilarda yanada ko`proq o`yin amaliyoti bo`lishini ta`minlaydi. Ishonaman, ushbu musobaqa nufuzi ham hali yanada ortadi, - dedi mutaxassis.