Andrey Shipilov: Bugun 3 nafar yosh futbolchi debyut qildi

O`zbekiston Liga Kubogining 1-turidan o`rin olgan “Metallurg” – “Bunyodkor” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Andrey Shipilov quyidagicha fikr bildirib o`tdi: 

- Birinchi bo`limni ancha yaxshi o`tkazdik, hujumlar tashkil etdik, xavfli vaziyatlar yaratildi va raqib o`yinchisini o`z darvozasini ishg`ol etishga majburlay oldik. Lekin ikkinchi taym haqida bunday gapira olmayman. Ikkinchi bo`limda raqib jamoada 3 ta 100 foizli qulay imkoniyat yuzaga keldi. Bugun biz butun o`yin davomida g`alabaga to`la haqli o`yin namoyish etdik, deya olmayman. Tarkibda amalga oshirilgan almashtirishlar ham bugun o`zini u qadar oqlamadi. Faqatgina xursand qilgan bitta jihati shuki – bugun jamoamizda 3 nafar yosh futbolchi debyut qilishdi, - dedi mutaxassis. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb