
O`zbekiston Liga Kubogining 1-turidan o`rin olgan «Metallurg» - «Bunyodkor» (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi.
- «Metallurg»ga qarshi Superliga doirasida o`ynaganimizga hali ko`p bo`lgani yo`q. O`sha uchrashuvdan farqli ravishda bugun asosiy tarkibda asosan zaxirada qolib ketayotgan futbolchilar maydonga tushdi. Shunda bo`lsa-da, yomon o`ynaganimiz yo`q, shunchaki, tushunarsiz vaziyatda gol o`tkazib yubordik. «Metallurg»ni g`alaba bilan tabriklayman! Biz navbatdagi o`yinlar orqali bugungi mag`lubiyat o`rnini to`ldirishga harakat qilamiz, - dedi mutaxassis.