
Bilasiz, 31 may – 1 iyun kunlari yangi asos solingan O`zbekiston Liga kubogi musobaqasining guruh bosqich ilk tur uchrashuvlari bo`lib o`tadi.
Tur doirasidagi AGMK — “Qizilqum” qarama-qarshiligi Toshkent viloyatida Respublika miqiyosidagi tadbirlar bo`lib o`tishi sababli mezbonlarning iltimosiga asosan 31 maydan 1 iyun, shanba kuniga ko`chirildi.
Shu tariqa AGMK — “Qizilqum” uchrashuvi 1 iyun kuni soat 19:15da “OKMK” sport majmuasida bo`lib o`tadi.