
31 may – 1 iyun kunlari O`zbekiston Liga kubogi guruh bosqich 1-tur uchrashuvlari bo`lib o`tadi.
1-tur doirasida “Lokomotiv” “Buxoro” bilan bahs olib boradi. Mazkur uchrashuvda “temiryo`lchilar” o`zlarining qizil rangli liboslarida maydonga tushishadi. Buxorolik futbolchilar esa oq rangdagi sport formalarida harakat qilishadi.
Ta`kidlash joiz, “Lokomotiv” — “Buxoro” uchrashuvi “Lokomotiv” stadionida qisqa muddatli ta`mirlash ishlari olib borilayotgani sabab mezbonlarning iltimosiga asosan TTYMI o`yingohida 1 iyun, shanba kuni soat 17:45da bo`lib o`tadi.