AGMK — “Qizilqum” / Jamoalarning liboslari rangi ma`lum

2019 yilgi mavsumdan boshlab O`zPFL litsenziyalash talablariga javob beruvchi futbol klublari o`rtasida O`zbekiston Liga kubogi musobaqasini tashkil etadi. 

Musobaqada Superliganing 14 ta, shuningdek, A Pro-liganing “Mash`al” hamda “Sho`rtan” klublari ishtirok etadi.

Liga kubogining 16 jamoasi 4 ta guruhga ajratildi. Jamoalar guruh bosqichida 3 tadan uchrashuvda ishtirok etadi.

Dastlabki tur o`yinlari 31 may va 1 iyun kunlari bo`lib o`tadi.

1-tur doirasida AGMK o`z uyida “Qizilqum” bilan bahs olib boradi. Uchrashuvda olmaliqliklar sariq futbolka, qora shorti hamda qora getrilarda maydonga chiqishadi. Navoiyliklar esa oq-qora-oq rangdagi sport formalarida harakat qilishadi. 

Ta`kidlash joiz, AGMK — “Qizilqum” uchrashuvi 31 may, juma kuni soat 19:15da bo`lib o`tadi.  

mib
uzcard
cola
apex
bmb