“Nasaf” — “Navbahor” / Jamoalarning liboslari rangi ma`lum

2019 yilgi mavsumdan boshlab O`zPFL litsenziyalash talablariga javob beruvchi futbol klublari o`rtasida O`zbekiston Liga kubogi musobaqasini tashkil etadi.

Musobaqada Superliganing 14 ta, shuningdek, A Pro-liganing “Mash`al” hamda “Sho`rtan” klublari ishtirok etadi.

Liga kubogining 16 jamoasi 4 ta guruhga ajratildi. Jamoalar guruh bosqichida 3 tadan uchrashuvda ishtirok etadi.

Dastlabki tur o`yinlari 31 may va 1 iyun kunlari bo`lib o`tadi.

Tur doirasida “Nasaf” o`z maydonida “Navbahor” jamoasini qabul qiladi. Uchrashuvda “ajdarlar” ko`k, “lochinlar” jamoasi esa qizil rangli sport liboslarida maydonga tushishadi. 

Ta`kidlash joiz, “Nasaf” — “Navbahor” uchrashuvi 31 may, juma kuni soat 19:15da bo`lib o`tadi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb