
2019 yilgi mavsumdan boshlab O`zPFL litsenziyalash talablariga javob beruvchi futbol klublari o`rtasida O`zbekiston Liga kubogi musobaqasini tashkil etadi.
Musobaqada Superliganing 14 ta, shuningdek, A Pro-liganing “Mash`al” hamda “Sho`rtan” klublari ishtirok etadi.
Liga kubogining 16 jamoasi 4 ta guruhga ajratildi. Jamoalar guruh bosqichida 3 tadan uchrashuvda ishtirok etadi.
Dastlabki tur o`yinlari 31 may va 1 iyun kunlari bo`lib o`tadi. Tur doirasida “Paxtakor” “Qo`qon-1912”ni qabul qiladi. Mazkur uchrashuvda “sherlar” oq rangli liboslarda maydonga chiqishadi. Qo`qonliklar esa ko`k rangdagi sport formasida harakat qiladi.
Ta`kidlash joiz, “Paxtakor” — “Qo`qon-1912” uchrashuvi 31 may, juma kuni soat 19:00da bo`lib o`tadi.