“So`g`diyona” – “Buxoro” uchrashuvidan so`ng mehmonlarning ayni paytdagi ustozi Mirislom Hasanov quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- Bugungi o`yin yaxshi o`tdi. Qulay imkoniyatlar yuzaga keldi. Lekin yaratilgan xavfli vaziyatlardan unumli foydalana olmadik. Yigitlar qo`ldan kelgancha harakat qilishdi. Buning uchun ularga rahmat. Birinchi bo`limdan so`ng hisobda ortda borayotganimiz sabab tanaffusda o`yinni kuchaytirish uchun yangi kuchlarni maydonga tushirdik. Bir nechta xavfli vaziyat yaratildi. To`p xatto darvoza to`siniga ham tegdi, lekin raqib darvozasidan joy olmadi. Bizga biroz omad ham etishmadi. Keyingi o`yinlarga yaxshi tayyorgarlik ko`rishga urinamiz. Hali ikkinchi davra oldidan tarkibni albatta kuchaytiramiz. Bugun bizni qo`llab-quvvatlash uchun Buxordan kelgan ishqibozlarimizga ham tashakkur, - dedi mutaxassis.