Ro`ziqul Berdiev: Bugun tajriba tantana qildi

“Nasaf” – “Lokomotiv” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Ro`ziqul Berdiev quyidagicha fikr bildirib o`tdi: 

- Bugungi bahsda tajriba g`alaba qozondi. Bugungi raqibimiz tajribaga ega, juda jiddiy jamoa edi. Shunga qaramay yigitlarimiz oxirigacha ijobiy natija uchun kurash olib borishdi. O`yin so`nggiga qadar bir qator xavfli vaziyatlarni ham vujudga keltira oldik. Agar ulardan unumli foydalanganimizda natija umuman boshqacha bo`lishi ham mumkin edi. Bugun yigitlarimiz yosh bo`lishiga qaramay katta tajribaga ega futbolchilardan iborat kuchli jamoaga qarshi tengma-teng kurash olib borishdi. Shu sababdan o`yindan so`ng shogirdlarimga harakatlari uchun minnatdorchilik bildirdim. Qolaversa, bizni jamoamizni qiyin vaziyatda bo`lsak-da, ishonib qo`llab-quvvatlayotgan muxlislarimizga ham rahmat, - dedi mutaxassis. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb