“Nasaf” – “Lokomotiv” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Andrey Fyodorov quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- “Lokomotiv” jamoasi ishqibozlarini bugungi g`alaba bilan tabriklayman. O`yin qiyin bo`lishini bilar edik. Zero “Nasaf” tarkibida yoshlar ko`p bo`lsa-da, tartibli va mazmunli o`yin namoyish etadigan jamoa. Kutganimizdek, bahs ancha murakkab kechdi. Bugun biz uchun eng muhimi – g`alaba qozonish edi. Mana yakunda 3 ochkoga ega chiqdik va endi uyga yaxshi kayfiyatda yo`l olamiz, - dedi mutaxassis.